Jahon | 22:58 / 09.04.2022
25284
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy yadroviy qurollarini ko‘paytirmoqda – OAV

Qayd etilishicha, Xitoy harbiylari o‘z yadroviy qurollarini AQShning ehtimoliy zarbasini samarali to‘xtata olish uchun eskirgan deb hisoblamoqda.

Foto: AP

Xitoy AQSh tomonidan bo‘ladigan tahdid ehtimoli o‘zgargani sababli yadroviy qurollarini ko‘paytirishni tezlashtirdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashrning yozishicha, "Xitoy yadroviy arsenalini kuchaytirishni AQShning Tayvan tufayli yuz berishi mumkin bo‘lgan nizoga bevosita qo‘shilishini tiyib turuvchi vosita sifatida ko‘rmoqda".

Bundan tashqari, Xitoy "Vashington mamlakat hukumatini ag‘darishga urinishi mumkinligidan xavfsiramoqda".

Shu bilan birga, Xitoy yadroviy quroldan birinchi bo‘lib foydalanish niyatida emas, deb yozadi gazeta.

Manbalarga ko‘ra, Xitoy harbiylari o‘z yadroviy qurollarini AQShning ehtimoliy zarbasini samarali to‘xtata olish uchun eskirgan deb hisoblamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid