Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya va Shvetsiya yozda NATOga qo‘shilishi mumkin
Finlandiya iyunda, Shvetsiya esa undan keyinoq NATOga kirish uchun ariza berishi kutilmoqda.
Foto: Ognen Teofilovski / Reuters
Finlandiya va Shvetsiya joriy yil yozida NATOga kirishi mumkin, deb xabar berdi The Times gazetasi o‘z manbalariga tayanib.
Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, alyansga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan uchrashuvida bu ikki davlatning NATOga a’zo bo‘lishi mavzusi muhokama qilingan.
Finlandiya iyunda, Shvetsiya esa undan keyinoq NATOga kirish uchun ariza berishi kutilmoqda.
Agar Finlandiya NATOga kiradigan bo‘lsa, u alyansning barcha a’zolari ichida Rossiya bilan eng uzun chegaraga ega mamlakatga aylanadi. Ikki davlat chegarasining uzunligi 1340 kilometr bo‘lib, chegara chizig‘i Sankt-Peterburgdan atigi 200 kilometr masofadan o‘tgan.
Mavzuga oid
13:10 / 13.01.2026
NATO Arktikada xavfsizlikni oshirish bo‘yicha qadamlarni ishlab chiqmoqda
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
11:43 / 12.01.2026
Shvetsiya havo hujumidan mudofaaga 15 mlrd krona ajratadi
17:20 / 11.01.2026