Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IT-mutaxassislar O‘zbekistonni tanlamoqda - Euronews
O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va ushbu soha mutaxassislarini qabul qilish bo‘yicha davlat darajasidagi choralar qabul qilindi.
Oxirgi bir yarim oy ichida ayrim sobiq ittifoq respublikalari, xususan, rossiyalik ko‘plab IT-mutaxassislari O‘zbekistonga ko‘chib kelishni ma’qul ko‘rmoqda, deb xabar berdi Euronews.
– Aslida Toshkentdagi hayot biz kutganimizdan ham ko‘ra yaxshiroq ekan, – deydi IT Park xodimi Anastasiya Markova. – Bu mamlakat bizni o‘zinikilardek qabul qildi. Judayam mehmondo‘st xalq.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda IT-kompaniyalar va ushbu soha mutaxassislarini qabul qilish bo‘yicha davlat darajasidagi choralar qabul qilindi.
– Bu yerga ko‘chib kelgan yuqori va o‘rta malakali mutaxassislar tufayli bizda mahalliy yosh mutaxassislar darajasini yuqori ko‘tarish imkoniyati paydo bo‘ldi, - deydi IT Park direktori o‘rinbosari Bahodir Ayupov.
Avvalroq Belarusdan O‘zbekistonga kelgan IT-mutaxassislari dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashgandi.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026