O‘zbekiston Ukrainaga insonparvarlik yordami jo‘natdi
Ukraina g‘arbidagi Karpatorti viloyati O‘zbekistondan 34 tonnadan ortiq miqdordagi insonparvarlik yordamini qabul qildi. Uning tarkibi - dori-darmonlar, individual aptechka va uzoq muddat saqlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat.

Foto: Karpatorti viloyati ma’muriyati
Ukraina 8 aprel kuni O‘zbekistondan insonparvarlik yuklari qabul qilgan. Bu haqda Karpatorti viloyati ma’muriyati xabar bergan.
Hudud rahbari Viktor Mikitaning so‘zlariga ko‘ra, hajmi 34 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk oblastdagi Yevropa gumanitar hablaridan biriga yetib kelgan. Uning tarkibidan dori-darmonlar, individual aptechka (dastlabki yordam uchun eng zarur dorilar to‘plami), uzoq muddat saqlanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.
«Gumanitar yordam darhol qaynoq nuqtalarga yuboriladi», — degan hudud ma’muriyati rahbari.
Viktor Mikita O‘zbekiston hukumatiga ko‘rsatgan yordami va Ukrainaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenkoga muvofiqlashtirish va samarali gumanitar yo‘lak uchun minnatdorchilik bildirgan.
«Ishonchim komilki, bu aloqalar bizga yanada samarali hamkorlik qilish imkonini beradi», — degan u.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00 / 24.05.2025
-
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
Jahon | 20:17
-
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:09
-
Rossiya-Ukraina urushi «endshpil bosqichiga o‘tdi» – JPMorganChase markazi hisoboti
Jahon | 19:41
Mavzuga oid

18:10 / 21.03.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga qariyb 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi

11:14 / 04.07.2024
O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududiga insonparvarlik yordami yubordi

20:50 / 02.04.2024
G‘azoda g‘arblik ko‘ngillilar Isroil aviazarbasi qurboniga aylandi. TsAHAL «fojiali hodisa»ni tekshirmoqda

09:04 / 17.03.2024