Prezident Sadir Japarovning topşiriğiga binoan Qirğiziston Suriya xalqiga 150 tonnadan ortiq insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam — Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tomonidan Taşqi işlar vazirligi bilan hamkorlikda, şuningdek Turkiyaning vakolatli organlari kömagida yetkazilgan.

Maxsus aksiya doirasida Suriyaga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari — un, guruç, şakar, ösimlik yoği va boşqalar topşirildi.
«Mazkur gumanitar taşabbus Qirğiziston prezidenti va xalqining tinçlikni mustahkamlaş, xavfsizlikni ta’minlaş hamda yordamga muhtoj mamlakatlarga insonparvarlik yordamini körsatiş yölidagi sadoqatini tasdiqladi», deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi tarqatgan xabarda.
Suriya hukumati vakillari esa prezident Ahmad aş-Şar’a va butun xalq nomidan Qirğiziston xalqiga minnatdorçilik bildirgan: «Sizning yordamingiz ayni paytda ayniqsa muhim, Suriya xalqi Qirğiziston taşabbusini birodarlik ramzi sifatida qabul qiladi».

Ma’lum qilinişiça, uçraşuv çoğida tomonlar mavjud muammoli masalalarni, mintaqaviy kun tartibini hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilgan.













