16 mart kuni Özbekiston tomonidan Eron xalqiga insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlikka köra, insonparvarlik yordami — un, guruç, şakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yoği, konservalar kabi oziq-ovqat mahsulotlari, şuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlardan iborat. Bir neçta yuk maşinalarida yordam allaqaçon Eron tomoniga yetkazildi.

Insonparvarlik yuklarini qabul qilib olişda Eronning Daregaz şahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron Taşqi işlar vazirligining Xuroson Razoviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatçisi Ali Masumifar hamda Eronning Turkmanistondagi elçisi Ali Mujtaba iştirok etdi.

TIV yuklarning miqdori va Özbekiston tomonidan kimlar qatnaşganiga aniqlik kiritmagan. Rasmlarda sobiq senator, Özbekistonning Turkmanistondagi elçisi Ravşanbek Alimov Eron rasmiylariga yuklarni topşirayotgani körinadi.

«Tadbir davomida rasmiylar Eron xalqiga körsatilgan insonparvarlik yordami va yuksak e’tibor uçun Özbekiston prezidentga samimiy minnatdorlik bildirdi. Ular mazkur taşabbusni ikki mamlakat örtasidagi döstlik, hamjihatlik va özaro qöllab-quvvatlaş an’analarining yorqin ifodasi ekanini ta’kidladi», deyiladi TIV bayonotida.

Ma’lumot uçun, 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi hujum boşladi. Eron javob tariqasida Isroilga hamda AQŞning arab davlatlaridagi bazalariga raketa va dronlar uçirmoqda. Uçinçi haftasiga ötgan uruş qurbonlari 2 ming kişidan ortdi, ularning asosiy qismi Eron va Livanda. Bundan taşqari, uruş Yaqin Şarqda beqarorlik va global bozorlarda yoqilği narxlarining oşişiga olib keldi.