Prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga muvofiq, Afğonistonning kuçli zilziladan jabr körgan Kunar va Nangarhor viloyatlari aholisi uçun insonparvarlik yordami yuborildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar ortilgan 300 tonnaga yaqin yuk Özbekiston xalqi nomidan Balx viloyatiga yetkazildi.

Hayraton şahridagi «Astras» kompaniyasi hududida insonparvarlik yordami topşiriş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşev, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov, Balx viloyati gubernatorining örinbosari Nurulhodi Abuidris hamda ikki tomon rasmiylari iştirok etdi.

Yuborilgan yordam tarkibidan un, guruç, şakar, tuşyonka, makaron va qandolat mahsulotlari, yoğ, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va moş, qadoqlangan içimlik suvi, 5 mingta yopinğiç hamda 10 tonnadan ortiq dori vositalari va tibbiy buyumlar örin olgan.
1 sentabrga ötar keçasi Afğoniston şarqida röy bergan kuçli zilzila 800 nafardan ortiq kişining hayotdan köz yumişiga sabab böldi. Vayronalarni tozalaş işlari olib borilgan sari qurbonlar soni köp ekani, ular 3 mingga yaqinlaşgani ma’lum böldi.














