Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nehammer Avstriya Rossiya gaziga embargo qo‘yilishiga qarshi chiqqanini aytdi
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Yevroittifoqdan ko‘ra Rossiyaga ko‘proq zarar yetkazishi kerak.
Foto: AP
Avstriya Rossiya gaziga embargo qo‘yilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Avstriya kansleri Karl Nehammer ma’lum qildi.
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, Vena Rossiyaga nisbatan sanksiyalar siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo sanksiyalar Yevroittifoqdan ko‘ra Rossiyaga ko‘proq zarar yetkazishi kerak deb hisoblaydi.
«Gazga embargo qo‘yilishiga qarshi chiqayotgan birgina Avstriya emas. Boshqa tomondan, Avstriya YeI a’zolari va Rossiyaga qarshi sanksiyalar tarafdori. Biroq sanksiyalar Yevroittifoqdan ko‘ra Rossiyaga kuchliroq zarba berishi kerak», - dedi Nehammer.
U Yevrokomissiya va Yevroittifoq kengashi Rossiya neftiga embargo joriy etish imkoniyatini muhokama qilayotganini, ammo gazdan voz kechish alohida masala ekanini aytdi.
Nehammer Avstriya Rossiya gaziga qaramlikdan qutulish tarafdori ekanini ta’kidladi.
«Biroq hozir buning imkoni yo‘q. Vaqt kerak», - dedi u.
Mavzuga oid
23:30 / 11.03.2026
Makron G7 yetakchilari Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlamaslikka kelishib olganini aytdi
19:13 / 11.03.2026
Rossiya xorijda qo‘shin qo‘llash uchun asoslarni kengaytirishi mumkin
15:45 / 11.03.2026
Koshta Rossiyani Eron bilan urushning yagona “g‘olibi” deb atadi
15:44 / 11.03.2026