Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘rt mamlakat prezidentlari Kiyevga boradi
Polsha, Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari Kiyevda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Yevroittifoqning to‘rt mamlakati prezidentlari Ukraina poytaxtiga boradi, deb xabar berdi “Onado‘lu” agentligi.
Polsha prezidenti Anjyey Duda devonxonasining ma’lum qilishicha, Kiyevga u bilan birga Litva, Latviya va Estoniya rahbarlari Gitanas Nauseda, Egils Levits va Alar Karis boradi.
Ular Ukraina poytaxtida prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
«Siyosiy va harbiy yordam to‘g‘risidagi xabar bilan Kiyevga yo‘ olyapmiz. Litva Ukrainaning o‘z ozodligi uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - deb yozdi Litva rahbari Twitter sahifasida.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, Avstriya kansleri Karl Nehammer Ukrainaga tashrif buyurib, Zelenskiy bilan uchrashgandi.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026