O‘zbekiston | 14:30 / 13.04.2022
12280
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Aleksey Xen Toshkent hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U o‘zi ishlab kelayotgan Raqamli rivojlanish departamentiga rahbar bo‘ldi.

Aleksey Xen Toshkent shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aleksey Xen bunga qadar Raqamli rivojlanish departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari edi. 

U Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari lavozimida bu lavozimda 2020 yilning iyulidan buyon ishlab kelgan Sardor Abdullayev o‘rnini egalladi.

Aleksey Xen 1983 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYuU) tamomlagan. Tayinlovga qadar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Raqamli rivojlanish departamenti» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Mavzuga oid