Klichko Kiyev Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganini xabar qildi
Xabar qilinishicha, Kiyevning Darnitskiy rayonida portlashlar yuz bergan.
Kiyev meri Vitaliy Klichko Ukraina poytaxti Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganini xabar qildi.
«Kiyev ertalabdan o‘qqa tutildi. Shahar chetidagi Darnitskiy rayonida portlashlar yuz berdi. Hozirda voqea joyida qutqaruvchilar va shifokorlar ish olib bormoqda. Jabrlanganlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda», - deb yozdi Klichko Telegram sahifasida.
Mer kiyevliklarni xavfsiz joylarda qolishga chaqirgan.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi vakili general-mayori Igor Konashenkov agar Ukraina Rossiya hududini o‘qqa tutsa, Kiyevdagi qaror qabul qilish markazlariga zarba berilishi bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024