O‘zbekiston | 07:54 / 21.04.2022
9335
2 daqiqa o‘qiladi

Uy-joyning «snos»ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Foto: Kun.uz

“Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

  • bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
  • bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
  • arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
  • loyiha-smeta hujjatlarini kelishish; 
  • qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
  • ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YaIDXPga murojaat qilinadi. 

Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YaIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid