Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shols Germaniya Rossiya gazidan voz kecholmasligini aytdi
Germaniya kanslerining so‘zlariga ko‘ra, gazga embargo joriy etilishi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini to‘xtatolmaydi.
Foto: AP
Germaniya Rossiya gaziga embargo qo‘ya olmaydi, dedi mamlakat kansleri Olaf Shols.
"Gap iqtisodiy inqirozning oldini olish, millionlab ish o‘rinlari yo‘qotilishi va qaytib ochilmaydigan fabrikalar haqida bormoqda. Bu mamlakatimiz, butun Yevropa uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi va Ukrainani tiklashni moliyalashtirish imkoniyatlariga katta zarar yetkazishi mumkin", - dedi u Spiegel nashriga bergan intervyusida.
Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, embargo sababli global inqiroz boshlanadi, Germaniya "bunga yo‘l qo‘ya olmaydi".
Shu bilan birga, u gazga embargo joriy etilishi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini to‘xtatolmasligini aytdi.
Yevroittifoqning beshinchi sanksiyalar paketida Yevropa 2022 yil avgustdan Rossiya ko‘miridan voz kechishi ko‘zda tutilgan. Hozirda YeI Rossiya neftidan bosqichma-bosqich voz kechish rejasini tayyorlamoqda.
Mavzuga oid
14:47 / 22.11.2025
Olaf Shols «Shimoliy oqim–2» bo‘yicha ko‘rsatma berdi
12:57 / 07.09.2025
“Sibir kuchi–2” bitimiga Tramp turtki berdimi?
14:25 / 05.09.2025
Andijonda yonilg‘i tashuvchi avtomobildan gazni to‘kish vaqtida yong‘in kelib chiqdi
12:29 / 04.09.2025