Jahon | 18:59 / 25.04.2022
7553
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Germaniyaning 40 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuboradi 

Aprel boshlarida Germaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning 40 nafar diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qilgandi. 

Foto: Getty Images

Rossiya tashqi ishlar vazirligi GFR elchisiga Germaniya diplomatik muassasalarining 40 nafar xodimi persona non grata deb e’lon qilingani to‘g‘risidagi notani topshirdi.

Qayd etilishicha, bu Germaniya tomonidan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishiga nisbatan javob hisoblanadi.

4 aprel kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning 40 nafar diplomati mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qilgandi.

Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok chiqarib yuborilgan xodimlar «ozodlik va jamiyat birligiga qarshi» harakat qilganini aytgan.

«Ularning ishi — bizdan himoya izlayotganlar uchun tahdid. Bunga chidab tura olmaymiz»,— degan u. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid