Jahon | 15:22 / 25.04.2022
13735
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada S-500 tizimini turkum ishlab chiqarish boshlandi 

S-500 ("Prometey") 600 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo‘q qila oladi. 

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Rossiyada S-500 ("Prometey") havo hujumidan mudofaa tizimini turkum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Almaz-Antey" havo-kosmik mudofaa konserni bosh direktori Yan Novikov ma’lum qildi.

"Hozirda mahalliy fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalangan holda S-500 tizimini turkum ishlab chiqarish tashkil etildi. Bu tizimning jangovar imkoniyatlari ilgari yaratilgan zenit-raketa tizimlari va majmualarinikidan ancha yuqori", - dedi u.

S-500 "Prometey" (OKR "Triumfator-M") yangi avlod "yer-havo" zenit-raketa tizimlariga mansub.

U 600 kilometrgacha masofadagi nishonlarni yo‘q qila oladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid