Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Vladimir Solovyovga suiqasd tayyorlangani aytildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin rossiyalik mashhur jurnalistlardan biriga qarshi suiqasd tayyorlanganini aytdi. FSBning aniqlik kiritishicha, gap Vladimir Solovyov haqida ketmoqda.
«Bugun tongda FSB tomonidan rossiyalik mashhur jurnalistlardan biriga qarshi suiqasd uyushtirishga uringan terrorchilar guruhi qo‘lga olindi», dedi Putin Rossiya bosh prokuraturasida chiqish qilar ekan.
Keyinchalik Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) gap Vladimir Solovyov haqida ketayotganini ma’lum qildi.
«Rossiya tergov qo‘mitasi tomonidan mamlakat hududida faoliyati cheklangan «National Socialism/White Power» guruhi a’zosi bo‘lmish Rossiya fuqarolari qo‘lga olingan. Ular Ukraina Xavfsizlik xizmati topshirig‘i bilan mashhur jurnalist Vladimir Solovyovni o‘ldirishni maqsad qilgan», deya FSB vakilining so‘zlarini keltirgan «Interfaks».
Uning so‘zlariga ko‘ra, guruh Solovyovni o‘ldirgach, chet elga qochishni maqsad qilgan. Xabarda yozilishicha, qo‘lga olinganlarning uyidan 8 ta «Molotov kokteyli», qo‘lbola portlovchi qurilmalar, 6 ta Makarov to‘pponchasi, qirqma miltiqlar, 5 ta granata va mingdan oshiq patronlar topilgan.
58 yoshli Solovyov Rossiya hukumati pozitsiyasini targ‘ib qiluvchi asosiy propagandachi jurnalist hisoblanadi. U Rossiya federal kanallarida ko‘rsatuvlar tayyorlaydi, Vladimir Putin bilan bir necha marta intervyu uyushtirgan. Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, ko‘plab siyosatchilar qatorida Solovyov G‘arbning personal sanksiyalariga uchrab, uning YouTube'dagi kanali yopilgandi.
Mavzuga oid
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026