Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guterrishning Putin bilan uchrashuvi bir soatga yaqin davom etdi
Guterrish Putin bilan uchrashuvdan oldin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan. U 28 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Foto: RIA Novosti
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi bir soatga yaqin davom etdi. Bu haqda bosh kotibning vakili o‘rinbosari Farxon Haq ma’lum qildi.
"Bugun bosh kotib Moskvada RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi", - dedi u.
Uning bildirishicha, uchrashuv bir soatga yaqin davom etgan.
"Uchrashuvning davomiyligi bir soatga yaqin bo‘ldi, uning bir qismi delegatsiyalar ishtirokida, bir qismi yuzma-yuz o‘tkazildi", - deya qo‘shimcha qildi Haq.
Guterrish Putin bilan uchrashuvdan oldin Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashgan.
Antoniu Guterrish 28 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
13:19 / 03.01.2026
BMT Isroilni gumanitar tashkilotlar litsenziyalarini bekor qilmaslikka chaqirdi
22:02 / 01.01.2026