Qozog‘iston prezidenti hukmron "Amanat" partiyasi safidan chiqishini e’lon qildi
To‘qayev "Amanat" partiyasi raisi lavozimiga parlament quyi palatasi raisi Yerlan Koshanov nomzodini taklif qildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev hukmron "Amanat" partiyasi raisi lavozimini va partiyasi safini tark etishini ma’lum qildi.
"Bugundan "Amanat" partiyasi raisi vakolatini zimmamdan soqit qilish va partiyadan chiqishga qaror qildim. Prezident saylovida menga ishonganingiz va qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman", - dedi To‘qayev "Amanat" partiyasining navbatdan tashqari s’yezdida.
U "Amanat" partiyasi raisi lavozimiga parlament quyi palatasi raisi Yerlan Koshanov nomzodini taklif qildi.
S’yezd qatnashchilari bu taklifni qo‘llab-quvvatladi va Koshanov partiya raisi etib saylandi.
59 yoshli Koshanov 2022 yil 1 fevralda parlament quyi palatasi raisi lavozimini egallagan.
2021 yil 10 yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovlarda "Nur Otan" (keyinchalik "Amanat" deb o‘zgartirilgan) partiyasi 71,09 foiz ovoz olgan.
Mavzuga oid
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
16:18 / 02.09.2024
Qozog‘iston prezidenti mamlakat xalqiga murojaatnoma yo‘lladi
17:28 / 15.08.2024
Qozog‘istonda prezident va Olimpiada sovrindorlari uchrashuvi boshqa sanaga qoldirildi
17:34 / 10.08.2024