Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev hukmron "Amanat" partiyasi raisi lavozimini va partiyasi safini tark etişini ma’lum qildi.
"Bugundan "Amanat" partiyasi raisi vakolatini zimmamdan soqit qiliş va partiyadan çiqişga qaror qildim. Prezident saylovida menga işonganingiz va qöllab-quvvatlaganingiz uçun barçangizga minnatdorlik bildiraman", - dedi Töqayev "Amanat" partiyasining navbatdan taşqari s’yezdida.
U "Amanat" partiyasi raisi lavozimiga parlament quyi palatasi raisi Yerlan Koşanov nomzodini taklif qildi.
S’yezd qatnaşçilari bu taklifni qöllab-quvvatladi va Koşanov partiya raisi etib saylandi.
59 yoşli Koşanov 2022 yil 1 fevralda parlament quyi palatasi raisi lavozimini egallagan.
2021 yil 10 yanvarda bölib ötgan saylovlarda "Nur Otan" (keyinçalik "Amanat" deb özgartirilgan) partiyasi 71,09 foiz ovoz olgan.












