Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha YeIdan ukrainalik qochqinlar uchun pul ajratishini so‘radi
Mateush Moravetskiyning so‘zlariga ko‘ra, Polsha urushdan qochib qutulgan 2,5 mln nafar ukrainalikka "o‘z eshiklari va qalbini ochdi".
Polsha Yevropa ittifoqi mamlakatdagi ukrainalik qochqinlar ta’minoti uchun mablag‘ ajratishini kutmoqda. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha urushdan qochib qutulgan 2,5 mln nafar ukrainalikka "o‘z eshiklari va qalbini ochdi". Bundan tashqari, Polsha ukrainalik yarador harbiylarga yordam bermoqda.
"Buning uchun bizga pul kerak", - deb ta’kidladi u va Yevroittifoq hozircha Varshavaga "bir sent ham" ajratmaganini qo‘shimcha qildi.
"Biz adolatli munosabatni xohlaymiz. Turkiyaga oxirgi marta qochqinlar kelganida milliardlar bilan qo‘llab-quvvatlashgandi. Hozir biz ham YeI yordam ko‘rsatishiga munosibmiz", - dedi Mateush Moravetskiy.
Mavzuga oid
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
08:58 / 19.06.2026
Orbansiz sammit: YeI Ukraina bo‘yicha yagona pozitsiyaga keldi
08:22 / 19.06.2026