O‘zbekiston | 12:52 / 28.04.2022
9997
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandlik xattot 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozib tugatdi

Kitob 310 varaq va 620 sahifadan iborat bo‘lib, xattot uni yozib tugatish uchun 3 yil vaqt sarflagan.

Foto: t.me/sammuslimuz

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Samarqand viloyati vakilligi axborot xizmatining xabar berishicha, samarqandlik xattot Abdujalil Ergashev 60x80 hajmdagi katta Qur’on kitobini yozib tugatgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, xattot uch yil davomida Qur’on kitobini 310 varaq, 620 sahifaga arab kufiy xatida yozishga muvaffaq bo‘lgan.

Qayd etilishicha, katta hajmdagi Qur’on kitobi qo‘lbola usulda tayyorlangan Samarqand qog‘oziga yozilgan. Ushbu qog‘ozlar uzoq yillar o‘z sifatini yo‘qotmasdan turishi hamda nam tortmasligi va ivimasligi bilan shuhrat qozongan.

Ma’lumot uchun, Qur’onning yirik va eng qadimiy nusxalaridan biri – «Usmon Musfahi» ham O‘zbekistonda, «Mo‘yi Muborak» madrasasida saqlanadi. 

Mavzuga oid