O‘zbekiston | 16:10 / 29.04.2022
15694
2 daqiqa o‘qiladi

Urush faxriylari 15 mln so‘mdan oladi

Foto: Kun.uz

9 may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan beriladi. Bu haqda prezidentning 1 maydagi farmonida ko‘zda tutilgan.

Ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mutasaddilarga:

  • yolg‘iz yashayotgan va o‘zgalar parvarishiga muhtoj odamlardan shaxsan xabar olib, ularga sovg‘a-salomlarni yetkazish;
  • urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarning har birining xonadoniga shaxsan borib, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni  tantanali ravishda topshirish;
  • 10 ming nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar bilan shaxsan uchrashib, holidan xabar olish va sovg‘a-salomlar yetkazish topshirildi.

1 iyundan boshlab urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalarga har oyda oziq-ovqat va gigiyena vositalari xaridi uchun ularning pensiya va nafaqalariga 270 ming so‘m miqdorida ustama tayinlanadi. 

Bundan tashqari, ularga kiyim-kechak xaridi uchun har yili 4 million so‘mdan kompensatsiya to‘lash tartibini joriy etiladi.

Bunga qo‘shimcha ravishda, viloyat, tuman va shahar hokimlariga mahalliy budjetlar, «daftarlar» jamg‘armalari va «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bu savobli ishlarning qamrovini kengaytirish topshirildi.

  • Ma’lumot uchun, 2017 yilda urush qatnashchilari va mehnatga layoqatsiz faxriylar uchun to‘lanadigan haq miqdori 2 mln so‘m, 2018 yilda 5 mln so‘m, 2019 yilda 7,5 mln so‘m, 2020 yilda 10 mln so‘m, 2021 yilda 12 mln so‘mni tashkil etgan. 
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid