O‘zbekiston | 07:45 / 30.04.2022
4851
4 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi

Foto: Kun.uz

Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan poytaxtda vaqtincha, 1 may soat 24.00 dan 2 may 7.00 ga qadar qator ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi.

Olmazor tumani:

  • “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha;
  • "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

  • “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Kox-ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
  • "Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha;
  • “Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani:

  • “Abdulloh ibn Mas’ud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati Umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi  KHAY ko‘chasi – KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.
  • “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – A.Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

  • “Usmon bin Mag‘zun” masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Cho‘ponota chorrahasigacha. 

Yashnobod tumani:

  • “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

  • “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis chorrahasigacha.

Sergeli tumani:

  • "Quddus Sharif" masjidi oldidagi Qipchoq ko‘chasi - Yangi Sergeli - Qipchoq chorrahasidan Qipchoq - Xonobod chorrahasigacha
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid