Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiya AES qurish to‘g‘risida Rossiya bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi
Shartnoma «RAOS Project tomonidan uzoq to‘xtalishlar va uning loyihani amalga oshirish salohiyati mavjud emas»ligi sababli bekor qilingan.
Foto: TASS
Finlandiyaning Fennovoima loyiha kompaniyasi «Rosatom» tarkibiga kiruvchi RAOS Project fin kompaniyasi bilan «Xanxikivi-1» AES qurilishi to‘g‘risida tuzilgan shartnomani bekor qildi.
Shartnoma «RAOS Project tomonidan uzoq to‘xtalishlar va uning loyihani amalga oshirish salohiyati mavjud emas»ligi sababli bekor qilingan.
Fennovoima xabarida qayd etilishicha, Ukrainadagi harbiy nizo ishlar borishini qiyinlashtirgan.
«Rosatom» va Fennovoima 2013 yilda «Xanxikivi-1»ni qurish to‘g‘risida shartnoma imzolagandi. Loyihaning 34 foizi Rossiya korporatsiyasiga, qolgan 66 foizi finlandiyalik aksionerlarga tegishli. AES quvvati— 1,2 GVt, qurilish qiymati 7–7,5 mlrd yevro atrofida baholangan.
Mavzuga oid
09:07
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
14:09 / 12.05.2026
Rossiya uch kunlik sulhdan keyin Ukrainaga hujumlarni yana boshladi
09:13 / 12.05.2026
Rossiyada real daromadlar o‘sishi keskin sekinlashdi
08:52 / 12.05.2026