O‘zbekiston | 11:57 / 06.05.2022
1907
4 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan IT sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlaydi

Foto: Beeline Uzbekistan

VEON kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi Beeline Uzbekistan Tumaris.TECH yirik xalqaro loyihasining digital-hamkoriga aylandi. Uning maqsadi ayollarning axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Rivojlanish dasturi bir yilga mo‘ljallangan. Loyihaning navbatdagi tadbiri may oyining oxirida boshlanadigan Tumaris.HACK ayol dasturchilari uchun hakatondir. Beeline Uzbekistan hakaton ishtirokchilari uchun sovg‘alar taqdim etadi, shuningdek, VEON mutaxassislarini ma’ruzachilar, hakamlar hay’ati a’zolari va loyiha murabbiylari sifatida jalb qiladi.

O‘zbekiston IT-Park tashabbusi bilan tashkil etilgan Tumaris.TECH loyihasi Markaziy Osiyoning beshta davlatini birlashtiradi. Uning ishtirokchilari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda IT sohasida ishlayotgan va faoliyat olib borayotgan ayollar va qizlar bo‘lishadi. Rejalarda seminarlar, akseleratsiya dasturlari, startap ko‘rgazmalari, moliyaviy savodxonlik va boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha darslar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Beeline Uzbekistan loyiha g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi va IT-Park bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Hamkorlarning birinchi qo‘shma tadbiri 27-29 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tumaris.HACK onlayn hakatoni hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari qizlari moliyaviy xizmatlar, elektron tijorat, DeapTech va boshqa sohalardagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi raqamli mahsulotlar namunalarini yaratishi kerak bo‘ladi. Jamoalar va individual ishtirokchilardan arizalar tashkilotchilar tomonidan 23 mayga qadar https://clck.ru/gLqnR manzilida qabul qilinadi.

Beeline hakaton g‘oliblariga iPad’lar sovg‘a qiladi, shuningdek, raqamli texnologiyalar sohasida noyob tajribaga ega kompaniya sifatida loyiha tadbirlarida ishtirok etadi. VEON bosh ijrochi direktori Kaan Terziogluning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ta’kidlaganidek, guruh vakillari hakaton hakamlar hay’ati a’zolari va murabbiylari bo‘lishadi, iyun oyidagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturi davomida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar, bunda Beeline raqamli texnologiyalar bo‘yicha o‘quv modulini tashkil qilishadi. Hakaton va inkubatsiya dasturining ikkinchi to‘lqini sentabr oyida boshlanadi. Loyiha davomida yaratilgan startaplarning yakuniy ko‘rgazmasi 2023 yil fevral oyida barcha ishtirokchilar va ma’ruzachilarni birlashtiradi.

“Mahalliy IT-iqtidorlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonni raqamlashtirish muvaffaqiyati uchun muhim ahamiyatga ega. Yosh ayol IT-mutaxassislarining imkoniyatlarini kengaytirish texnologiya transformatsiyasini butunlay yangi bosqichga olib chiqmoqda. O‘z pozitsiyamizni tasdiqlash uchun biz faqat ayollar uchun hakaton o‘tkazmoqdamiz – bu biz Markaziy Osiyoda amalga oshirayotgan mutlaqo yangi noyob amaliyot”, — dedi Kaan Terzioglu.

“Hozirgi raqamli dunyoda ayollarning roli tobora ortib bormoqda. Buni hatto IT sohasidagi professional musobaqalarda ham ko‘rish mumkin. Shunday qilib, bizning ko‘mak bilan o‘tkazilgan avvalgi hakatonda qiz bola boshchiligidagi jamoa g‘olib bo‘ldi. Bizning maqsadimiz Tumaris.TECH ishtirokchilarini yangi bilimlar bilan qurollantirish, qiziqarli startaplarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. Beeline O‘zbekistondagi ko‘plab ta’lim loyihalarini qo‘llab-quvvatlab, IT sohasiga yosh smenani tayyorlashga yordam beradi. Ishonchim komilki, TUMARIS.TECH xalqaro loyihasi nafaqat axborot texnologiyalari sohasidagi ish nufuzini oshirishga yordam beradi, balki uni IT sohasiga yangicha nazar tashlaydigan ayollar uchun yanada jozibador qiladi”, – dedi kompaniyaning bosh direktori Andjyey Malinovski.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid