O‘zbekiston | 18:38 / 07.05.2022
8307
1 daqiqa o‘qiladi

Bright Uzbekistan jurnalining ilk soni nashrdan chiqdi

Bright Uzbekistan – eksportchilar va importchilar katalogini o‘z ichiga olgan ixtisoslashgan sanoat jurnali. Nashr O‘zbekiston bozorining taniqliligini oshirish uchun dunyo bo‘ylab xalqaro ko‘rgazmalarda tarqatiladi.

Foto: Bright Uzbekistan

Bright Uzbekistan loyihasi shu nomdagi jurnalning ilk soni nashrdan chiqqanini ma’lum qildi.

Tashqi savdo sohasiga ixtisoslashgan jurnal eksportchilar va importyorlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan. Sanoat nashri O‘zbekiston bozoridagi imkoniyatlarni ko‘rsatish maqsadida dunyoning turli joylarida tashkil etiladigan xalqaro ko‘rgazmalarda tarqatiladi.

Foto: Bright Uzbekistan

Mualliflar – Top Business Group jamoasi. Loyiha Prezident administratsiyasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, xususan, vazir Sardor Umrzoqov va prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ko‘magida tashkil etilgan.

Jurnalga asos solishda, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy Majlis Senati, Turizm va madaniy meros vazirligi, Sportni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi ham hissa qo‘shgan.

Mavzuga oid