Jahon | 20:03 / 07.05.2022
11683
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Belarus bilan chegarada uzunligi 60 kilometrli devor qurdi

Polsha-Belarus chegarasining uzunligi 418 kilometrni tashkil etadi, uning 186 kilometri quruqlikdan o‘tgan.

Foto: Reuters

Polsha bugunga qadar Belarus bilan chegarada uzunligi 60 kilometrli devor qurdi. Qurilish ishlari reja bo‘yicha ketmoqda va iyun oxirida yakunlanishi kutilmoqda, dedi Polsha chegara xizmati vakili. 

Polsha-Belarus chegarasining uzunligi 418 kilometr bo‘lib, uning 186 kilometri quruqlikdan o‘tgan. 

O‘tgan yil yoz oxiri va kuzda chegaradagi vaziyat keskinlashgandi. Inqirozli hududlardan Belarusga kelgan minglab migrantlar Yevropa ittifoqiga noqonuniy ravishda o‘tishga uringandi.

Oxirgi haftalarda kunlar isishi bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tishga urinishlar soni yana oshdi. Chegarachilarning ma’lumot berishicha, juma kuni 76 kishi Belarusdan Polshaga o‘tishga harakat qilgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid