Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT bosh kotibi Moldova prezidenti bilan uchrashdi
Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, BMT ukrainalik qochqinlar soni o‘sishi bilan bog‘liq gumanitar inqiroz sababli Moldovani qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi.
Foto: Anadolu Agency
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Kishinyovga tashrifi doirasida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan uchrashdi.
«Moldova xalqining sa’y-harakatlarini, Ukrainadagi urushdan qochganlarga nisbatan saxiyligi va birdamligini olqishlayman», - deb yozdi Guterrish Twitter sahifasida.
Uning ma’lum qilishicha, BMT ukrainalik qochqinlar soni o‘sishi bilan bog‘liq gumanitar inqiroz sababli Moldovani qo‘llab-quvvatlashni kengaytiradi.
BMTning oxirgi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya bilan urush boshlanganidan buyon Ukrainani 5 mln 890 mingdan ortiq inson tark etgan. Moldovaga 457 mingga yaqin Ukraina fuqarosi o‘tgan.
Mavzuga oid
13:19 / 03.01.2026
BMT Isroilni gumanitar tashkilotlar litsenziyalarini bekor qilmaslikka chaqirdi
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
12:53 / 08.11.2025