Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Sent-Vinsent va Grenadin orollari O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 140-mamlakat bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
10 may kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston bilan Sent-Vinsent va Grenadin orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunike imzolandi.
Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjat O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili, elchi Baxtiyor Ibrohimov hamda Sent-Vinsent va Grenadin orollarining BMTdagi doimiy vakili Inga Ronga King tomonidan imzolandi.
Sent-Vinsent va Grenadin orollari Karib dengizi havzasining g‘arbiy qismida joylashgan davlat hisoblanadi. Mamlakat BMT faoliyatida faol ishtirok etib keladi, 2020-2021 yillarda BMT xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zosi, 2018-2019 yillarda esa tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi raisi bo‘lgan.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan tashkilotlari doirasida birgalikdagi ishlarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladi. Ikki va ko‘p tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.
2022 yil 9 mart kuni O‘zbekiston Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan edi.
Mavzuga oid
16:35 / 25.05.2026
“Avval yopiq davlat edingiz, endi qiziqa boshlayapmiz” – Niderlandiya elchisi bilan suhbat
14:25 / 27.03.2026
Qurollanish yoki diplomatiya: tartibsiz dunyoda davlatlar qanday yashab qolishi mumkin?
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026