Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston un importi hajmini oshirdi
Bug‘doy uni importi 22 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga qiymati 28,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 92,6 ming tonna bug‘doy uni import qilingan.
Bug‘doy uni importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bug‘doy unini eng ko‘p import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchi – 91,2 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Rossiya – 1,3 ming tonna;
- AQSh – 50 tonna;
- Italiya – 12,4 tonna;
- Fransiya – 1,8 tonna.
O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida Qozog‘istondan qiymati 201,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan bug‘doy import qilgan.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
18:47 / 18.06.2026
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda eng ko‘p ichadigan davlat bo‘lib chiqdi - tadqiqot
13:31 / 17.06.2026