Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda sel oqizib ketgan ikki kishining jasadi topildi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sel oqizib ketgan ikki fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
10 may kuni soat 16:00 lar atrofida tumanning tog‘li hududi «Bog‘iston» MFY, Zoxona qishlog‘ida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimi hodisasi yuzaga kelgan, hodisa oqibatida ushbu hududda Nexia avtomobilida bo‘lgan, Uzun tumanida yashovchi ikki kishi, shuningdek, chorva mollarni boqib yurgan fuqaro va uning chorva mollarini ham sel oqizib ketgandi. Keyinroq cho‘pon ofatdan qutulib qolgani ma’lum bo‘lgan, qolgan ikki kishini qidirish ishlari olib borilayotgani aytilgandi.
Ma’lum qilinishicha, FVV qutqaruvchilari va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan olib borilgan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jarayonida avtomobil va bir kishining jasadi To‘palang daryosi o‘zanidan topildi.
Qo‘shimcha qilinishicha, ayni vaqtda To‘palang daryosi o‘zanidan ikkinchi fuqaroning jasadi olib chiqilmoqda, ikkinchi fuqaroning jasadi birinchi fuqaro jasadi topilgan joydan taxminan 5 kilometr quyidan topildi.
Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari tomonidan qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
13:33 / 08.06.2026
Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda
08:51 / 03.06.2026
Surxondaryoda suv omborida qayiq ag‘darilishi oqibatida bir fuqaro cho‘kib ketdi
11:00 / 15.05.2026