Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 214 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Aprel oyida xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan 214 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xorijdan qaytgan 282 ming 330 nafar fuqaroning 176 ming 941 nafari bandligi ta’minlangan, shu jumladan 23 mingdan ortig‘i mehnat organlari tomonidan bandlik xizmatlari ko‘rsatish orqali ish bilan band qilingan, 4 ming 293 nafari kasb va tadbirkorlikka o‘qitilgan.
Shuningdek, 43 ta o‘zbek diasporasi va 2 ta vatandosh bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi. Shundan:
- 32 tasi Rossiya Federatsiyasi;
- 6 tasi Qozog‘iston;
- 1 tasi Qirg‘iziston;
- 1 tasi Yaponiya;
- 1 tasi Ukraina;
- 1 tasi Portugaliya;
- 1 tasi Tailand;
- 1 tasi AQSh;
- 1 tasi Fransiya.
Aprel oyida 55 nafar fuqaro Rossiya Federatsiyasi IIVning vaqtinchalik saqlash markazlaridan vatanga qaytarildi.
Bundan oldin Moskvada qurilish kompaniyasi 100 nafarga yaqin o‘zbekistonlikning maoshini o‘z vaqtida bermagani aniqlangandi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026