2022 yilning 4 fevral kuni Moskva şahrida joylaşgan «Dinamik Grupp» kompaniyasida işlayotgan 100 nafarga yaqin özbekistonlikdan Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva şahridagi vakolatxonasiga iş beruvçi tomonidan oylik maoşi öz vaqtida berilmayotgani yuzasidan murojaat kelib tuşgan.
Örganişlardan ma’lum bölişiça, uşbu kompaniyaga fuqarolar mustaqil ravişda işga joylaşgan. Iş beruvçi vakillari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, 2021 yil dekabr oyi uçun iş haqi tölab berilgan va 2022 yil yanvar oyi uçun iş haqi mart oyida tölab berilişi haqida va’da olingan.

2022 yilning 16 mart kuni vaziyat qayta monitoring qilinganda iş beruvçi tomonidan berilgan va’da bajarilmagani ma’lum bölgan. Şundan söng, vakolatxona tomonidan iş beruvçi taşkilot ustidan Moskva şahri Solnsevo tumani böyiça tumanlararo prokuraturasiga murojaat qilingan.
“Şu bilan birga, ta’kidlaş joiz, fuqarolarning bir qismi uşbu taşkilotga mehnat şartnomasi tuzilmasdan işga jalb qilingan va patent avans tölovi uçun bankdan mikroqarz olgan”, deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergov işlari olib borilmoqda hamda vakolatxona tomonidan “Rostrud”, şahar prokuraturasi, Içki işlar vazirligiga murojaat qiliş uçun qöşimça ma’lumotlar tayyorlanmoqda.












