Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TDPU talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari «4+2» tartibida olib boriladi
Prezident “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Xalq ta’limi vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda pedagog kadrlarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish amaliyotini joriy qilish uchun:
a) pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo‘nalishida:
2022 yil 1 sentabrga qadar Pedagogika markazlariga aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qiladi;
2022 yil 1 iyulga qadar Pedagogika markazlari huzurida xorijiy mutaxassislar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlari hamda Pedagogika markazlarining malakali xodimlaridan iborat bo‘lgan trenerlar guruhlarini shakllantiradi;
2022 yil yakuniga qadar trenerlar guruhlari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda kamida 20 foiz umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagoglar uchun zamonaviy metodikalarga asoslangan sayyor o‘quv mashg‘ulot va seminar-treninglar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
pedagog kadrlarning malakasini oshirishga bevosita jalb qilingan trenerlarga ularning ish faoliyati natijasiga qarab, oylik ish haqiga 100 foizgacha miqdorda qo‘shimcha ustama haq to‘lab boradi;
2022 yil yakuniga qadar maktab o‘qituvchilari uchun “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasida pedagogik faoliyatdan ajralmagan holda amalga oshiriladigan qo‘shimcha individual malaka oshirish kurslarini joriy etadi;
b) ta’lim dasturlarini takomillashtirish yo‘nalishida:
zamonaviy metodikalarga asoslangan ta’lim dasturlari va darsliklarni xarid qilish hamda umumiy o‘rta ta’lim tizimiga joriy qilish choralarini ko‘radi;
2022 yil 1 avgustga qadar malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Pedagogika markazlarining o‘quv-rejalari va dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqadi hamda xalqaro talablar asosida takomillashtiradi;
2023 yil 1 sentabrga qadar Respublika ta’lim markazi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan birgalikda ta’lim jarayonini Milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqadi va ushbu metodikalarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi professional va oliy ta’lim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinishini ta’minlaydi;
v) pedagog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat pedagogika universiteti kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishini ta’minlaydi;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining tanishuv va malakaviy amaliyotlarini, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan birga Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda ham tashkil etish choralarini ko‘radi;
Toshkent davlat pedagogika universitetida o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibini yo‘lga qo‘yadi;
Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalarining ilmiy-tadqiqot va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida dars jarayonlariga soha mutaxassislari va olimlarni jalb etadi.
Mavzuga oid
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
14:39 / 09.09.2025
Bog‘cha tarbiyachilari ishidan ajralmagan holda bakalavr darajasini olishi mumkin bo‘ladi
13:36 / 08.09.2025
Pedagogik sinflar tashkil etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
12:12 / 29.04.2025