Özbekistonda boğça yoşidagi bolalarni maktabgaça ta’limga qamrab oliş uçun şaroitlar qilib berilyapti, lekin endi boğçalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borişi kerak, tarbiyaçilarning salohiyati ham şunga yaraşa bölişi zarur. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni ta’lim sohasi böyiça selektorda aytib ötdi.

Ma’lum qilinişiça, bu yil yozda 118 ming tarbiyaçining malakasi oşirilgan, lekin bu yetarli emas.

Yangi öquv yilidan pedagogika oliygohlarida örta maxsus ma’lumotli tarbiyaçilar uçun “1+5” (1 kun öqiş, 5 kun iş) bakalavr ta’lim şakli joriy qilinadi. Bu orqali boğçalarga har yili qariyb 10 ming oliy ma’lumotli mutaxassis kirib keladi.

Davlat rahbarining sözlariga köra, xususiy boğça bilan davlat boğçasi uçun ta’lim-tarbiya sifati böyiça yagona yondaşuv yöq.

Şu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda boğça tarbiyaçilari pedagogik mahoratini oşirişga metodik kömaklaşuvçi tayanç “Yangi avlod” boğçalari barpo qilinadi.

Mutasaddilarga “Yangi avlod” boğçasi loyihasini eski va bir xil yondaşuvlardan çekinib, yangiça işlab çiqiş topşirildi.