Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qahva va choy festivali bo‘lib o‘tadi
13-15 may kunlari Toshkent shahridagi Moviy gumbazlar xiyobonida birinchi “Qahva va choy-2022” festivali - Tashkent Coffee & Tea Festival 2022 bo‘lib o‘tadi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, festival mehmonlari qahva, salqin ichimliklar, kakao, smuzi va boshqa mualliflik ichimliklarini tatib ko‘rishi mumkin bo‘ladi.
Tea&Coffee Expo ko‘rgazmasida O‘zbekistonning eng yaxshi qahva qovuruvchilaridan qahva donalarini xarid qilsa bo‘ladi. Festival sohaning barcha yangiliklarini taqdim etib, qahva damlash uchun aksessuarlarni ham namoyish etadi.
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar esa o‘z qahvaxonasi uchun franshiza xarid qilishi mumkin.
Dasturdan seminarlar, ma’ruzalar, mahorat darslari va degustatsiyalar, barista kasbi to‘g‘risida davra suhbati va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.
Festival tashkilotchilari: Turizm va madaniy meros vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Baristalar uyushmasi va “Makon” telekanali.
Avvalroq O‘zbekiston uch oyda 11 mln dollarlik choy import qilgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:37 / 13.05.2026
Ziroat Mirziyoyeva «Inson uchun» festivalida ijtimoiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
07:36 / 06.04.2026
Infografika: qaysi mamlakat aholisi eng ko‘p qahva ichadi?
20:25 / 29.03.2026