Özbekiston 3 oyda Hindistondan 88 tonna çoy import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi ma’lumot berdi.

Qömita xabariga köra, Özbekiston 2022 yilning yanvar-mart oylarida 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 11 mln AQŞ dollariga teng bölgan 8,2 ming tonna çoy import qilgan.

Qayd etilişiça, çoy importi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 1,5 ming tonnaga oşgan.

2022 yilning dastlabki uç oyida Özbekiston çoy mahsulotini eng köp import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakçilik qilmoqda – 6,7 ming tonna.

Keyingi örinlardan 542 tonna çoy olib kelingan Keniya va 359 tonna çoy import qilingan Rossiya joy oldi.

Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça köriniş oldi:

  • Eron – 139 tonna;
  • Indoneziya – 114 tonna;
  • Hindiston – 88 tonna;
  • Vetnam – 77 tonna;
  • Şri-Lanka – 65 tonna;
  • BAA – 57 tonna;
  • Qozoğiston – 47 tonna;
  • Pokiston – 22,5 tonna;
  • Turkiya – 22,5 tonna;
  • Germaniya – 1,4 tonna.

Bundan oldin Özbekistonga uç oyda import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari qiymati ma’lum bölgandi.