Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putin bilan uchrashishga tayyorligini aytdi
Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti bilan vositachilarsiz, ultimatumlarsiz muloqot qilmoqchiligini ta’kidladi.
Ukraina Rossiya bilan muzokaralarda Rossiya kuchlarining 24 fevralgacha bo‘lgan joylariga qaytishlarini muhokama qiladi, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.
Zelenskiy Italiyaning Rai 1 telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyorligini ham aytdi.
«Men Putin bilan vositachilarsiz gaplashishga tayyorman. Faqat u bilan, lekin vositachilarsiz va ultimatumlar bilan emas, muloqot shaklida. Har bir urushdan keyin tinchlik kelishini tushunamiz va agar urushni muloqot bilan tugatish imkoniyati bo‘lsa, bu imkoniyatdan foydalanish kerak», — dedi u.
Shu bilan birga, Ukraina prezidenti Rossiya bilan muloqot qilish bosqichi o‘tib ketganini ta’kidladi. Uning fikricha, vaziyatni barqarorlashtirish uchun tomonlarga pragmatik muzokaralar zarur.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026