Iqtisodiyot | 15:00 / 14.05.2022
26015
2 daqiqa o‘qiladi

Moskva birjasida o‘zbek so‘mini savdoga kiritish rejalashtirilmoqda

Savdolarga O‘zbekiston so‘mi, BAA dirhami va Armaniston drami kiritilishi mumkin. 

Foto: Vedomosti

Moskva birjasi savdo maydonchasidagi valutalar to‘plamini kengaytirishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RBK o‘z manbalariga tayanib. 

Xabar qilinishicha, savdolarga O‘zbekiston so‘mi, BAA dirhami va Armaniston drami kiritilishi mumkin. 

Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, valutalar ro‘yxatining kengaytirilishi birjadagi savdo aylanmasi tushib ketishi fonidagi mantiqiy qadam hisoblanadi. 

Hisob-kitob qilinishicha, 2022 yil aprelida kunlik dollar-rubl savdosi hajmi o‘rtacha 81,5 mlrd rublni tashkil etgan – 2021 yilda bu ko‘rsatkich 242,9 mlrd rublga teng bo‘lgan. 

RBK manbalarining bildirishicha, Rossiya biznesi sanksiyalar fonida BAA bilan ko‘proq qiziqa boshladi, G‘arb birjalarida Rossiya kompaniyalari aksiyalari savdosi to‘xtatilganidan keyin esa Abu-Dabi va Hongkong birjalariga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqa boshladi.  

Hozirda Moskva birjasida 10ta xorijiy valuta savdosi yo‘lga qo‘yilgan: AQSh dollari, yevro, Xitoy yuani, Britaniya funti, yapon iyenasi, Shveytsariya franki, turk lirasi, Hongkong dollari, Belarus rubli va qozoq tengesi. 

Mavzuga oid