Jahon | 19:28 / 14.05.2022
15819
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada dengiz ustiga qurilgan yangi aeroport ochildi 

Yangi aeroport qurilishiga 4,4 mlrd lira sarflangan. 

Foto: Anadolu Agency

Turkiya va Ozarboyjon prezidentlari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev Turkiyadagi Riza-Artvin aeroportining ochilish marosimida qatnashdi.

Erdo‘g‘an yangi aeroportni Turkiyaning fuqaro aviatsiyasi va transport sohasida oxirgi 20 yilda erishgan yutuqlari ko‘rsatkichi deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada oxirgi yillarda aeroportlar soni 26tadan 58taga yetdi.

"So‘nggi yillarda nafaqat yangi havo gavanlari qurildi, balki ayrimlari joriy ta’mirlandi", - dedi u.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya rahbari besh yil davomida qurib bitkazilgan Riza-Artvin aeroportiga 4,4 mlrd turk lirasi (284,2 mln dollar) sarflanganini qayd etdi.

O‘z navbatida, Aliyev "Ozarboyjon va Turkiya ittifoqchilar" ekanini ta’kidladi.

Anadolu agentligining xabar berishicha, yangi aeroport yiliga 3 mln nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, "dunyoda uchish-qo‘nish yo‘laklari dengiz ustida joylashgan aeroportlar soni atigi beshta bo‘lib, ularning ikkitasi Turkiyada".

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid