Boshqirdistonda o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarga amaldorlarning suratlari o‘rnatib chiqildi
Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida faollar nosoz yo‘llarga qarshi kurashishning o‘ziga xos yo‘lini topdi – shaharning bir necha shunaqa ko‘chalarida mansabdorlarning suratlari o‘rnatildi. Ko‘chalar hudud rahbari Radiy Xabirov, “Bashkiravtodor” korxonasi boshlig‘i Ildar Yuklanov, shahar ma’muriyati boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Radik Galeyev suratlari bilan “bezaldi”.

Foto: prufy.ru
Mazkur tadbirni Dyadya Rezo nomli mahalliy bloger tashkillashtirdi.
“5ta mikrorayonga qarata bu yo‘llarni tuzatib qo‘yishi haqida emas, balki to‘liq qayta tuzatish haqida omma oldida bayonotlar berishi uchun “Bashkiravtodor” va shahar ma’muriyatining haddan ziyod ko‘p vaqti bor edi”, – dedi bloger o‘z murojaatida.

Mahalliy aholi davlat idoralari yildan yilga yo‘llarni ta’mir etishini va’da berayotgani, ammo ular hamon abgor holda qolayotganidan norozi.
“Shunchaki yo‘llarni normal holatga keltiring, ishlashni bilmasangiz, joyingizni bo‘shatib qo‘ying”, – deb yozdi Rezo.
Blogerning tashabbusi izohlar orqali iliq kutib olindi. Mahalliy rahbarlar fleshmobga hozircha reaksiya qilishmadi.
Sterlitamakdagi bu holat Rossiyadagi birinchisi emas. Shunga o‘xshash holatlar avval ham bo‘lgan. 2012 yili Yekaterinburg shahri aholisi “Amaldorni ishlashga majburla” aksiyasini o‘tkazib, yo‘llarning muammoli joylarini Sverdlovsk oblasti gubernatori Yevgeniy Kuyvashev, shahar dumasi raisi Yevgeniy Porunov va mahalliy ma’muriyat rahbari Aleksandr Yakob portretlari bilan “bezashgan” edi.


Shundan so‘ng, kommunal xizmat xodimlari muammolarni bartaraf qilib, yo‘llarni ta’mirlashdi.
2018 yili Samara oblasti aholisi 10 yildan beri ta’mirlanmagan yo‘ldagi chuqurchaga kartoshka ko‘mishgandi. Shundan so‘ng mahalliy amaldorlar yo‘lni ta’mirlashga qaror qilishgan edi.

2019 yili Kaluga oblasti aholisi yo‘llardagi chuqurchalar muammosini eski gilamlarni to‘shab “hal qilishgan”.

Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

15:10 / 28.04.2025
O‘zbekistonda Boshqirdiston kompaniyalarini joylashtirish uchun qo‘shma texnopark tashkil etiladi

16:53 / 08.03.2025
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat

11:38 / 25.01.2025
Surxondaryo hokimining amaldorlarni mukofotlash haqidagi farmoyishi bekor qilindi

23:26 / 06.11.2024