O‘zbekiston | 17:31 / 20.05.2022
8466
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avtobuslarga chiqish old eshikdan, tushish orqa eshikdan bo‘ladi

«Toshshahartransxizmat» yo‘lovchilar endi avtobus va elektrobuslarga old eshikdan chiqib, orqa eshikdan tushishi haqida ma’lum qildi. Bu ularga qulaylik yaratish va transport madaniyatini shakllantirish maqsadida joriy etilgani aytildi.

Foto: Kun.uz

«Toshshahartransxizmat»ning xabar berishicha, avtobuslar va elektrobuslarga endi old eshikdan chiqib, o‘rta va orqa tomondan chiqish joriy etiladi.

Kirish joyida yo‘l haqini haydovchi yonida o‘rnatilgan qurilma (validator)ga transport kartasini tekkizish orqali yoki naqd pulda to‘lash kerak.

Foto: «Toshshahartransxizmat»

Qayd etilishicha, qaror yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, transportga chiqish va tushirishni tartibga solish maqsadida qabul qilingan.

Ko‘chalardagi ba’zi elektrobuslarda old eshikka yashil, o‘rta va orqa eshiklarga qizil belgi yopishtirib chiqildi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid