Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Blinken AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamasligini aytdi
AQSh Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo orolga nisbatan bir tomonlama harakatlarga qarshi chiqadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.
"Biz Tayvan mustaqilligini qo‘llab-quvvatlamaymiz. Va Tayvan bo‘g‘ozi sohillari orasidagi qarama-qarshiliklar tinch yo‘l bilan hal qilinishini kutamiz", - dedi u.
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Tayvan masalasida "har qanday bir tomonlama o‘zgarishlarga qarshi".
Shu bilan birga, Blinken Xitoy Tayvanga nisbatan borgan sari provokatsion tarzda harakat qilayotganini ta’kidladi.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy hujum qilgan taqdirda Tayvanni harbiy yo‘l bilan himoya qilishga va’da bergandi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026