Jamiyat | 18:14 / 30.05.2022
23600
1 daqiqa o‘qiladi

Eng arzoni 700 dollar: Hunarmand yog‘ochdan qimmatbaho mashinalar yasamoqda

Andijonlik Baxtiyor Imomov maktab davridan yog‘och o‘ymakorligi bilan shug‘ullanadi. Bir yildan buyon esa u turli yog‘ochlardan avtomobil maketlarini yasayapti.

Usta bir oyda bir dona avtomobil maketini yasaydi. Tayyorlash jarayonini tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib boradi. Yog‘och avtomobillar tayyor bo‘lgach, 700 AQSh dollaridan boshlab sotiladi.

“Bular asosan qo‘l mehnati yordamida qilinadi. Hamma detallariga alohida e’tibor beramiz. Rollarning burilishlari, eshiklarning ochilishlari haqiqiy modeli qanday bo‘lsa, shunday qilishga harakat qilamiz. Tanlangan model qanday bo‘lsa, o‘shanday qilishga harakat qilamiz”, – deydi Baxtiyor Imomov.

Avtomobillar chinor daraxtidan tayyorlanadi. Hozirda avtomobillarga chet eldan va mahalliy aholidan xaridorlar ko‘paymoqda.

Qahramonimiz mazkur hunarini ham shogirdlarga o‘rgatib, kelajakda ommalashtirish niyatida.

Yog‘och mashinalarni asosan sovg‘a sifatida xarid qilish mumkin.

Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri

Tasvirchi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov

Mavzuga oid