Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hunarmandlar taqsimoti: qaysi hudud oldinda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan hunarmandlar soni 22 117 tani tashkil etgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan - 2 906 nafar.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakat bo‘ylab 22 117 nafar hunarmand faoliyat yuritmoqda. Taqsimotga ko‘ra, hunarmandlar soni eng ko‘p Toshkent shahrida qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Samarqand viloyatlari kelmoqda.
Hududlar kesimida hunarmandlar soni quyidagicha:
- Toshkent shahri — 2 906 ta;
- Farg‘ona viloyati — 2 564 ta;
- Samarqand viloyati — 2 090 ta;
- Andijon viloyati — 2 088 ta;
- Namangan viloyati — 1 990 ta;
- Xorazm viloyati — 1 977 ta;
- Toshkent viloyati — 1 791 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 1 496 ta;
- Buxoro viloyati — 1 474 ta;
- Jizzax viloyati — 1 033 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 951 ta;
- Surxondaryo viloyati — 845 ta;
- Sirdaryo viloyati — 465 ta;
- Navoiy viloyati — 447 ta.
Ma’lumotlarga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelsa, eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatida qayd etilgan.
Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Farg‘ona (2 564), Andijon (2 088), Namangan (1 990) — umumiy hisobda salmoqli ulushni tashkil etib, hunarmandchilik faolligi yuqori hududlar qatorida turibdi. Samarqand (2 090) va Xorazm (1 977) viloyatlari ham yetakchi guruhdan o‘rin olgan.
Mavzuga oid
15:43 / 14.02.2026
Yoshlardan keksagacha: 2025 yilda turistlar yoshi bo‘yicha taqsimot e’lon qilindi
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
16:06 / 13.02.2026
O‘zbekiston importida Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi
15:21 / 12.02.2026