Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Toshkentda Tojikiston prezidenti kutib olindi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon 2 iyun kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Toshkent xalqaro aeroportida uni prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Yetakchilar o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi.





So‘ng Tojikiston prezidenti «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Mehmonga majmuaning mazmun-mohiyati va me’moriy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.



«Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga kelgan oliy darajadagi mehmonlar tomonidan ushbu monumentga gul qo‘yish marosimi an’anaga aylandi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Buxorodagi tarixiy majmualarni ziyorat qildi
14:10 / 27.03.2026