O‘zbekiston | 07:42 / 02.06.2022
10387
2 daqiqa o‘qiladi

Urganchda «Jaloliddin Manguberdi maktabi» qurilishi boshlandi

Foto: yuz.uz

Urganch shahrida «Jaloliddin Manguberdi maktabi» qurilishiga ramziy tamal toshi qo‘yildi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tantanali tadbirda Xorazm viloyati hokimi – harbiy-ma’muriy sektor rahbari Farhod Ermanov, tuman hokimligi, mudofaa ishlari boshqarmasi hamda boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

2023-2024 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan ushbu ta’lim muassasasi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, unda birinchi yili 150 nafar hamda keyingi yil yana 150 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. 

Yoshlar o‘rtasida harbiylikka, vatan himoyachisi degan sharafli va obro‘li kasbni egallashga bo‘lgan talab va takliflar ortib borayotgani inobatga olinib, mazkur muassasa qurilishi uchun mahalliy budjet mablag‘laridan deyarli 30 milliard so‘mga yaqin pul mablag‘lari ajratilgan.

Muassasada 4 qavatli o‘quv binosi, 300 o‘rinli yotoqxona, oshxona, madaniyat saroyi, harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari uchun jangovar tayyorgarlik maydonchalari, sport majmuasi hamda zarur bo‘lgan boshqa ijtimoiy va o‘quv obektlar qurilishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid