O‘zbekiston | 15:44 / 07.06.2022
4146
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda mahalla raislari saylovi yakunlari e’lon qilindi

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Saylovda 1580 nafar nomzod ko‘rsatilgan, ularning 526 nafari raislikka saylangan. Oliy ma’lumotli mutaxassislar 99 foizni tashkil qilgan.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov yangi saylangan mahalla fuqarolari yig‘ini raislari bilan uchrashdi.

Qayd qilinishicha, may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda viloyat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari raisligiga 1580 nafar nomzod ko‘rsatilib, ularning 526 nafari saylangan. Yangi saylangan mahalla raislarining 99 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi.

Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati

Farhod Ermanov mahallabay ishlash tizimining mohiyati, bunda fuqarolar yig‘ini raisining tutgan o‘rni va mas’uliyati haqida gapirdi. O‘tgan davrda fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 147 ta mahalla idorasi yangidan qurilgani, 134 tasi rekonstruksiya qilinganini ta’kidladi. Joriy yilda 79 ta  mahalla yangi binoga ega bo‘ladi, shuningdek, 13 ta tuman va shaharda «Mahalla markazi» majmuasi barpo etiladi.

Eng yaxshi natijalarga erishgan mahalla raislarini rag‘batlantirib borish maqsadida har chorak yakuni bo‘yicha pul mukofotlari, yil yakuni bo‘yicha esa eng namunali raisga xizmat avtomashinasi ajratiladi.

Mavzuga oid