Iqtisodiyot | 08:50 / 09.06.2022
22380
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Rossiyadan qariyb 2 mlrd dollarlik mahsulotlar sotib oldi

O‘zbekiston importidagi yetakchi 10 ta davlat ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-aprel oylarida  O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 2,3 mlrd dollar.

Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 mlrd dollar va 1 mlrd dollarlik mahsulotlar olib kelingan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega: 

Koreya – 896 mln;
Turkiya – 575 mln;
Germaniya – 422 mln;
Turkmaniston – 205 mln;
Hindiston – 202 mln;
AQSh – 169 mln;
Italiya – 139 mln AQSh dollari.

Bundan oldin O‘zbekiston Qozog‘istondan 430 mln dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotib olgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid