Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kuchli shamol ko‘p qavatli uyning tom qismini uchirib yubordi
Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol oqibatida yetti qavatli binoning tom qismi yerga uchib tushdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 10 iyun kuni soat 16:25 da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida qisqa muddatli kuchli shamol kuzatilib, natijada Al-Farg‘oniy ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qoplamasini yerga uchirib tushgan.
Voqea joyiga shahar FV bo‘limi xodimlari yetib borgan. Hozirda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari jalb etilgan holda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Avvalroq, 10-11 iyun kunlari respublika hududining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkinligi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilayotgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
08:50 / 02.06.2026
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026